вторник, 9 октября 2012 г.

Men ham keldim

Shu kungacha hech qachon blog ochish haqida o’ylab ko’rmagan edim. Ammo, oxirgi 2 oy ichida ba’zi bloggerlarning “o’qishli” narsalarni yozayotganini kuzata turib, menda ham blog ochish fikri tug’ildi. Qisqa muddatli texnik nosozlikdan keyin, nihoyat, blog ochdim. Ushbu blogni ochishimda “tekin” maslaxatlarni o’zbek jurnalistikasining “eng kichik” vakili Temur Azamdan oldim. Ularga buning uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.
Xullas, hozirga qadar samarali ijod qilib kelayotgan va endigina “blog ijod”ini boshlaganlarga omad tilab qolaman!
Ushbu blogimda hamin qadar qiziqroq mavzularda yozishga harakat qilaman.