Shu kungacha hech qachon blog ochish
haqida o’ylab ko’rmagan edim. Ammo, oxirgi 2 oy ichida ba’zi bloggerlarning “o’qishli”
narsalarni yozayotganini kuzata turib, menda ham blog ochish fikri tug’ildi. Qisqa
muddatli texnik nosozlikdan keyin, nihoyat, blog ochdim. Ushbu blogni
ochishimda “tekin” maslaxatlarni o’zbek jurnalistikasining “eng kichik” vakili
Temur Azamdan oldim. Ularga buning uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.
Xullas, hozirga qadar samarali ijod qilib
kelayotgan va endigina “blog ijod”ini boshlaganlarga omad tilab qolaman!
Ushbu blogimda hamin qadar qiziqroq mavzularda
yozishga harakat qilaman.
Комментариев нет:
Отправить комментарий